Daryo

Samarqandda daryodan qum-shagʻal qazib olganlar tabiatga 43 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazdi

Ushbu qonunbuzarlik fermer xoʻjaligiga tegishli ekskavator va yuk mashinasi yordamida amalga oshirilgan.

1 daqiqa o‘qish5 264 ko‘rishlar0 izoh2

Samarqandda Qoradaryo daryosidan qum-shagʻal qazib olganlar tabiatga 43 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar qildi.

Viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektori Oqdaryo tumanida joylashgan “M.M.M.N” fermer xoʻjaligi faoliyati oʻrganganida qonunbuzarlik harakatini aniqlagan.

Unda tuman hududidan oqib oʻtuvchi Qoradaryo daryosidan fermer xoʻjaligining ekskavator hamda yuk mashinasi yordamida qum-shagʻal aralashmasi noqonuniy qazib olinganligi va buning natijasida tabiatga 43 milliard 12 million 57 ming 536 soʻm miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.

Hozirda texnikalar vaqtincha jarima maydoniga joylashtirilib, tegishli hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Avvalroq qishloq xoʻjaligi yerlariga 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 183 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazilgandi. Bunda qonunbuzarliklar boʻyicha 7 mingga yaqin maʼmuriy jarima qoʻllangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar