Daryo

Oksford universitetida oʻzbek va qadimgi chigʻatoy tillari oʻqitiladi

Saida Mirziyoyeva universitetda oʻzbekshunoslik dasturining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

1 daqiqa o‘qish2 389 ko‘rishlar0 izoh0

Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 14-oktyabr kuni Oksford universitetida oʻzbekshunoslik dasturining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

Oksford Buyuk Britaniyadagi birinchi “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakulteti doirasida oʻzbek va qadimgi oʻzbek (chigʻatoy) tillarini oʻqitishni joriy etgan universitet boʻldi.

“Koʻp yillar davomida Oʻzbekiston yopiq mamlakat edi. Bugun u har qachongidan-da ochiq — fan, texnologiyalar, taraqqiyot va eng muhimi, muloqot uchun ochiq”, dedi Mirziyoyeva.

Prezidenti administratsiyasi rahbari xotin-qizlarning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish, oiladagi zoʻravonlikni jinoiy javobgarlikka tortishni targʻib qilish hamda faol va namunali yetakchilik orqali ayollarni ruhlantirgani, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishdagi hissasi uchun Oksford universiteti mukofoti bilan taqdirlandi.

Dasturning ochilishida Oksford universiteti Volfson kolleji prezidenti Tim Xitchens, Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasining Xalqaro munosabatlar va mudofaa qoʻmitasi aʼzosi lord Malkolm Bryus, “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakulteti dekani oʻrinbosari Nikolay Sinay, Oksford shahri meri Luiza Apton va ilmiy hamjamiyatining boshqa vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Saida Mirziyoyeva Mirzo Ulugʻbekning “Ziji Ko‘ragoniy”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy” nusxalari hamda Boburiylar davri miniatyuralari kabi yurtimiz tarixiga oid noyob kitoblar saqlanayotgan Bodlean kutubxonasiga tashrif buyurdi.

Shu bilan birga, dasturning ishga tushirilishi munosabati bilan universitet va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻrtasida kelishuvlar amalga oshirildi.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya bosh vaziri oʻrinbosari va adliya vaziri Devid Lemmi bilan uchrashuv oʻtkazgandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar