Daryo

Yevropa Ittifoqi Ispaniyani Trampning savdo tariflaridan himoya qilishga va’da berdi

AQSH prezidenti Ispaniyaning mudofaa xarajatlariga kam mablag‘ ajratganini tanqid qilib, mamlakatga savdo boji solish bilan qo‘rqitgandi. YI esa a’zo davlatlarni bunday bosimdan himoya qilishga va’da bermoqda.

1 daqiqa o‘qish1 508 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropa Ittifoqi AQSH prezidenti Donald Tramp Ispaniyaga savdo bojlari solmoqchi bo‘lsa, bunga qarshi choralar ko‘rishini bildirdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari, jumladan, Ispaniya, umumiy savdo siyosatiga bog‘langan bo‘lib, ularning mahsulotlariga xorijda bir xil tariflar qo‘llanadi. AQSH Ispaniya mahsulotlariga nisbatan 15 foizlik tarifdan yuqori boj solishini bildirgan edi, ammo, Yevropa bunday holat yuz bermasligiga va’da bermoqda.

“Har qanday YI a’zosiga qarshi chora ko‘rilsa, javob qaytarmasdan qo‘ymaymiz”, degan YI vakili Gill.

AQSH prezidenti Ispaniyaning mudofaa xarajatlarini tanqid qilib, jazo tariflarini qo‘llash bilan qo‘qitayotgan edi. YIning mazkur bayonoti Trampning shu so‘zlaridan so‘ng e’lon qilingan.

“Ispaniya NATOni hurmat qilmaydi. Men mamlakatga savdo boji qo‘llash bilan javob bermoqchiman”, degan Tramp.

Ispaniya va AQSH o‘rtasidagi keskinlik NATOning iyun oyida bo‘lib o‘tgan sammitida boshlangandi. O‘shanda Ispaniya 5 foizlik mudofaa xarajatlari maqsadiga erisha olmasligini bildirib, Trampdan istisno qilishini so‘ragandi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar