Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida maktab kotibasi 3-sinf o‘quvchisini sinfdoshlari oldida kaltakladi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 6-oktyabr kuni maktabning kadrlar bo‘yicha menejeri Q.S. farzandi bilan bog‘liq janjal sababli 3-“A” sinf o‘quvchisi R.F.ga qo‘l ko‘targan. Farzandi unga sinfdoshi urganini aytgan.
Holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruv olib bordi va jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilgani sud-tibbiy ekspertiza xulosasida tasdiqlandi.
Ayni paytda ish sud tartibida ko‘rib chiqilmoqda. Maktab xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Shuningdek, ichki tartib-qoidalarga rioya etilmagani uchun maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi maktabda 4-sinf qiz oʻgʻil bola sinfdoshlari tomonidan kaltaklangani, ammo maktab rahbariyati holatga eʼtiborsiz qarayotgani xabar berilgandi. Bu kabi holatlarga qayta yoʻl qoʻymaslik maqsadida ota-onalar bilan yigʻilish oʻtkazilib, tushuntirish ishlari olib borilgan. Shuningdek, maktab direktori va mas’ullarga intizomiy chora koʻrilgan.








