Daryo

Qozog‘iston terma jamoasi JCH yo‘llanmasini qo‘ldan chiqardi

O‘zbekiston Markaziy Osiyodan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yagona jamoaga aylandi.

1 daqiqa o‘qish1 388 ko‘rishlar0 izoh1

Qozog‘iston terma jamoasi Jahon chempionati saralashi 7-turidan o‘rin olgan bahsda Shimoliy Makedoniya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va 2026-yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Saralash bosqichidan so‘ng yetti uchrashuvda 7 ochko to‘plagan Qozog‘iston guruhda 4-o‘rinda bormoqda. Jamoa faqat Lixtensheynni ortda qoldirmoqda. Guruh yetakchilari esa Belgiya (14 ochko) va Shimoliy Makedoniya (13 ochko) hisoblanadi.

Qozog‘istonning saralash bosqichidagi natijalari:

  • Uels – Qozog‘iston: 3:1
  • Qozog‘iston – Lixtensheyn: 2:0
  • Shimoliy Makedoniya – Qozog‘iston: 1:0
  • Qozog‘iston – Uels: 0:1
  • Belgiya – Qozog‘iston: 6:0
  • Qozog‘iston – Lixtensheyn: 4:0
  • Qozog‘iston – Shimoliy Makedoniya: 1:1

Qozog‘iston terma jamoasi saralash bosqichidagi so‘nggi o‘yinini 15-noyabr kuni o‘z maydonida Belgiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Markaziy Osiyo qit’asidan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan yagona jamoaga aylandi.  

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Turnir 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 5-dekabr kuni AQSHning Vashington shahridagi Kennedi markazida bo‘lib o‘tadi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar