Daryo

Janubiy Afrikadagi avtobus halokatida 42 kishi qurbon bo‘ldi (video)

Yo‘lovchi transport vositasi tog‘ yo‘lida tepalikdan tushib ketib, halokatga uchradi. Qurbonlar orasida 7 nafar yosh bola borligi aytilmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 505 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Afrika Respublikasida (JAR) yo‘lovchi avtobus tog‘ yo‘lida tepalikdan tushib ketib, halokatga uchradi. Oqibatda bortdagi zimbabvelik va malavilik 42 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Halokat 12-oktyabr kuni Limpopo provinsiyasidagi N1 avtomagistralining tog‘li qismida sodir bo‘lgan. Mahalliy transport idorasi ma’lumotiga ko‘ra, avtobus tik tog‘ yo‘lida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan va chuqurlikka qulagan.

“Bu fojia nafaqat Janubiy Afrika, balki qardosh davlatlar — Zimbabve va Malavi uchun ham katta yo‘qotish”, deb hodisaga munosabat bildirgan JAR prezidenti Siril Ramafosa.

Rasmiylarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 7 nafar bola, 18 nafar ayol va 17 nafar erkak bor. Bundan tashqari, yana 49 kishi jarohat olgan. Halokatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum, holat yuzasidan tergov ishlari boshlangani ta’kidlanmoqda.

Ayni paytda avtobusda necha kishi bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. JAR transport vaziri Barbara Krisi va boshqa hukumat vakillari hodisa joyiga tashrif buyurishi, shuningdek, jarohatlanganlar holidan xabar olinishi aytilmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar