Toshkent shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi akasining avtomobilini olib qochib, yoʻl-transport hodisasi sodir etdi. Avariya oqibatida uning avtomobil salonida boʻlgan sinfdoshi halok boʻldi. Bu haqda “Milliy” telekanali xabar berdi.
Yo‘l-transport hodisasi 2025-yil 25-mart kuni sodir bo‘lgan. Maktab o‘quvchisi akasining Tracker avtomobilini soatiga 137 kilometr tezlikda haydagan. Shundan soʻng u boshqaruvni yo‘qotib, ikkita mashina va ustunga borib urilgan. Oqibatda uning sinfdoshi avtomobil salonidan uchib ketib, voqea joyida halok boʻlgan.
Voqea ertalabga yaqin, Ramazon hayiti paytida sodir bo‘ldi. Do‘stlarim qo‘ng‘iroq qilib, “koʻchaga chiqmaymizmi” deb chaqirdi. Akamning mashinasini kalitini oldim. Avtomobillarga koʻp qiziqardim, boshqa bunday holat qaytarilmaydi. Qilgan ishimdan afsusdaman, dedi ayblanuvchi sudda.
Sud uni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismiga ko‘ra (transport harakati yoki undan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida inson o‘limiga sabab bo‘lish) aybdor deb topdi. Unga to‘rt yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sud jazoni qayta ko‘rib chiqib, uch yillik shartli ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgiladi.








