Daryo

Metan zapravkalarga limit qoʻyilayotgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, gaz toʻldirish shoxobchalariga limit qoʻyilayotgani va ularning faoliyati toʻxtatilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi xabarlar yuzasidan maʼlumot berildi.

1 daqiqa o‘qish2 543 ko‘rishlar0 izoh14

Ijtimoiy tarmoqlarda “metan zapravkalarga limit qoʻyilmoqda, ularning faoliyati toʻxtatilishi mumkin”, mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, bunday xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida gaz taʼminoti tizimidagi ayrim gaz taqsimlash stansiyalarida texnik-profilaktika ishlari amalga oshirilgan.

Taʼmirlash ishlari olib borilgan vaqtlarda esa gaz bosimi pasaygani sababli ayrim gaz toʻldirish shoxobchalari faoliyatida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan.

Hozirda respublika boʻyicha metan zapravkalar belgilangan tartibda faoliyat yuritmoqda. Tabiiy gaz ularga gaz taʼminoti korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida yetkazib berilmoqda, deyiladi xabarda.

Oʻtgan yili metan zapravkalar faoliyatiga cheklov qoʻyilishi toʻgʻrisida 9-dekabr kuni xabar qilingandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar