Daryo

Saudiya Arabistoniga safar qilayotgan o‘zbekistonliklar soni keskin oshdi

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53,8 ming nafarga yoki 48,1 foizga oshgan.

1 daqiqa o‘qish1 454 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistoniga safar qilayotgan o‘zbekistonliklar soni keskin oshgani ma’lum qilindi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida 165,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Saudiya Arabistoniga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 53,8 ming nafarga yoki 48,1 foizga oshgan. Hisobot davrida Saudiya Arabistoniga borgan fuqarolarning asosiy safar maqsadlari quyidagicha taqsimlangan:

  • sayohat – 141,6 ming kishi;
  • qarindoshlarni yo‘qlash – 23,5 ming kishi;
  • davolanish – 548 kishi;
  • xizmat yuzasidan – 62 kishi;
  • o‘qish – 18 kishi.

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi mamlakatning har qanday vizasiga ega bo‘lganlarga umra ziyoratini ado etish imkoni berilganini ma’lum qildi. 

Joriy yildagi haj mavsumi davomida O‘zbekistondan 15 mingdan ziyod hojilar haj amallarini tartibli va namunali ado etishlari ta’minlandi. O‘zbekistonlik hojilarning Saudiya Arabistoniga kelishi 13-maydan boshlanib, 30-mayga qadar davom etdi. Hojilarning O‘zbekistonga qaytib ketishi 12-iyundan boshlandi. So‘nggi hojilar 29-iyun kuni havo qatnovlari orqali vatanga qaytdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar