Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy 1,5 yil ichida parlamentdagi “Xalq xizmatkori” fraksiyasi deputatlari bilan o‘tkazilgan birinchi uchrashuvdan so‘ng ularni “buzg‘unchi ahmoqlar” deb atadi. Bu haqda Oliy Rada a’zosi Aleksey Goncharenko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, aynan shu sabab davlat rahbari “Xalq xizmatkori” vakillari bilan qayta uchrashuv o‘tkazishdan bosh tortgan.“Buzg‘unchi ahmoqlar! Ular bilan uchrashishning nima keragi bor?” - bu Vladimir Zelenskiyning “xizmatkorlar” bilan uchrashuv haqidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘zlari”, deb yozadi deputat.
Goncharenko “buzg‘unchi ahmoqlar” iborasi partiya a’zolari orasida juda tez tarqalganini ta’kidlagan.
Ukraina rahbarining “Xalq xizmatkori” fraksiyasi xalq deputatlari bilan uchrashuvi 16-sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda parlament a’zolari Zelenskiyga frontdagi ahvol, davlat budjeti va safarbarlik bilan bog‘liq muammolar haqida savollar bergan. Davlat rahbari esa, o‘z navbatida, yig‘ilganlarni “eng yomon ssenariy”ga tayyorlanishga chaqirgan.“Deputatlar yuzaga kelgan vaziyatdan umidsizlikka tushgani va tushunmayotganini bildirmoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.








