AQSH Ukrainadagi vaziyat yuzasidan tinchlik muzokaralarini o‘tkazishning so‘nggi muddatini 15-maygacha deb belgiladi. Bu haqda 27-yanvar kuni Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenko o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Goncharenko AQSHning ushbu ehtimoliy qarorini mamlakatda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari bilan bog‘lagan. Uning ta’kidlashicha, shu paytgacha hal qilinmagan mojaroning davom etishi Respublikachilar partiyasiga saylov kampaniyasi davomida qo‘shimcha xavf tug‘dirishi mumkin.“Mening manbalarimning xabar berishicha, AQSH so‘nggi muddatni 15 maygacha belgilagan. Agar kelishuvga erishilmasa, ular muzokaralar jarayonidan chiqib, bu mavzudan butunlay chetlashadilar”, deb yozgan Goncharenko.
Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar jarayoni davom etmoqda. 23-24-yanvar kunlari Abu-Dabida ishchi guruhlarning uchrashuvlari o‘tkazildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov muzokaralar kelishuv bo‘yicha katta ishning boshlanishi, xolos, va kun tartibidagi ayrim bandlarni alohida muhokama qilishni noto‘g‘ri deb hisoblashini bildirgan.
Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Anna Kelli Abu-Dabidagi uchrashuvlarni tarixiy deb baholagan va muzokaralar jarayoni “a’lo darajada” ekanini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning vazifasi tomonlarning pozitsiyalarini yaqinlashtirishdan iborat.
Avvalroq AQSH ma’muriyati Ukrainadagi vaziyatni hal qilish rejasini ishlab chiqayotganini ma’lum qilgan edi. Kreml Rossiyaning muzokaralar uchun ochiqligini saqlab qolishini va Ankorijdagi muhokamalar platformasida qolishini bildirdi.








