Daryo

“Bavariya” hamda “Real” bitta futbolchi uchun kurash olib bormoqda

Shlotterbekning Germaniya klubi bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi. Ammo futbolchi “Borussiya D” bilan shartnomani uzaytirish haqida o‘ylamayapti.

1 daqiqa o‘qish1 652 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi Germaniya terma jamoasi va Dortmundning “Borussiya” jamoasida to‘p surayotgan himoyachi Niko Shlotterbek transferi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin. “Qirollik klubi” hozirda futbolchining atrofidagu vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Sport Bild nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” 25 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishda “Bavariya” bilan raqobatlashishga tayyor. Shunga qaramay, hozircha har ikki klub ham Dortmund klubiga Niko bo‘yicha rasmiy taklif yubormagan.

Shlotterbekning Germaniya klubi bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi. Ammo futbolchi “Borussiya D” bilan shartnomani uzaytirish haqida o‘ylamayapti. Shu bois “asalarilar” qishki transfer oynasi vaqtida Nikoni sotib yuborishi mumkin. Xaridorlar esa ushbu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

Ta’kidlanishicha, “Real” Shlotterbek nomzodini jamoaning markaziy himoyasidagi muammolar fonida ko‘rib chiqmoqda. Xususan, Raul Asensioning o‘yinida barqarorlikni yetishmayapti, shuningdek, Antonio Ryudiger va David Alaba kabi futbolchilarning shartnomasi 2026-yil yozida yakuniga yetadi. Shu bois rahbariyat yangi himoyachi sotib olishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Shlotterbek joriy mavsum “Borussiya D” klubi safida jami 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Transfermarkt portali 25 yoshli futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar