Daryo

Lamin Yamal “Real”ga qarshi bahsgacha safga qaytadimi?

Avvalroq Yamal olgan jarohati sababli Ispaniya terma jamoasining Gruziya hamda Bolgariyaga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi xabar qilingan edi.

1 daqiqa o‘qish2 174 ko‘rishlar0 izoh1

“Barselona” klubi hujumchisi Lamin Yamalning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi. Marca nashri jurnalisti Luis Roxoning yozishicha, futbolchi Ispaniya chempionatining navbatdagi turidan o‘rin olgan “Jirona”ga qarshi uchrashuvida safga qaytishi mumkin.

Jurnalistning ta’kidlashicha, Yamal ushbu o‘yinda uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida maydonga tushishi mumkin. Agar uning sog‘lig‘ida muammolar kuzatilmasa, futbolchi Chempionlar Ligasi doirasidagi “Olimpiakos”ga qarshi o‘yinga va “Real Madrid”ga qarshi bo‘ladigan “El-klasiko”ga qadar to‘liq tayyor bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yamal olgan jarohati sababli Ispaniya terma jamoasining Gruziya hamda Bolgariyaga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi xabar qilingan edi. 

Ma’lumot uchun, futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalar doirasida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushgan, o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali Laminning qiymatini 200 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar