Daryo

O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi

10-oktyabr kuni respublika shimolidagi ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish2 156 ko‘rishlar0 izoh0

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Qayd etilishicha, harorat foni iqlim me’yoridan biroz yuqori bo‘ladi. Harorat kechalari 8-13 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari hafta boshida 20-25 daraja bo‘ladi, hafta oxiriga kelib 23-28 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 30-32 darajagacha ko‘tariladi.

10-oktyabr, juma kuni respublika shimolida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.

Bugun, 6-oktyabr kuni kunduzi havo harorati 22-24 darajani tashkil etadi. Hafta davomida kechalari 9-12 daraja, kunduz kunlari 23-26 daraja atrofida bo‘ladi.

Avvalroq Toshkentda havo ifloslanish darajasi me’yordan 15 baravar oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 6-oktyabr soat 09:00 da O‘zbekiston poytaxtidagi monitoring stansiyasi 380 AQI ko‘rsatkichini qayd etgan. PM2.5 zarralarining konsentratsiyasi JSST tavsiya etgan yillik me’yordan 15,4 baravar yuqori bo‘lgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar