Daryo

HAMAS isroillik garovdagilarni ozod qilishga rozi bo‘ldi - Al Jazeera

​Siyosiy byuro rahbari o‘rinbosari harakatning Tramp rejasiga prinsipial jihatdan qo‘shilganini, biroq aniq bandlar muhokama qilinishi kerakligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS qurollarni “bo‘lajak Falastin hukumatiga” topshiradi.

2 daqiqa o‘qish1 410 ko‘rishlar0 izoh1

Falastinning HAMAS harakati barcha tirik isroillik garovdalarni ozod qilishga va AQSH prezidenti Donald Trampning rejasiga muvofiq halok bo‘lganlarning jasadlarini topshirishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda harakat bayonotiga asoslanib, Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.

“HAMAS harakati bosqinchilari (Isroil) garovdagilarning barchasini ozod qilishga va Tramp tomonidan taklif qilingan ayirboshlash formulasiga muvofiq, ayirboshlash uchun “yerda” zarur shartlar mavjud bo‘lganda, jasadlarni topshirishga tayyorligini bildiradi. Shu munosabat bilan HAMAS buni batafsil muhokama qilish uchun vositachilar orqali darhol muzokaralarni boshlashga tayyorligini tasdiqlaydi”,

deb ta`kidlanadi harakat matbuot xizmati bayonotida.

Shu bilan birga, HAMAS siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Muso Abu Marzuk hozirgi sharoitda garovlarni 72 soat ichida ozod qilish va jasadlarni topshirish imkonsiz ekanligini ta’kidlagan.

Ular G‘azo sektorini boshqarishni topshirishga ham rozi bo‘lishgan.

“Harakat G‘azo sektorini boshqarishni Falastin milliy kelishuvi asosida hamda arab va islom davlatlari ko‘magida mustaqil texnokratlardan iborat Falastin qo‘mitasiga topshirishga roziligini yana bir bor tasdiqlaydi”, deyiladi bayonotda.

​Ta’kidlanishicha, Tramp rejasiga kiritilgan boshqa masalalar anklavning kelajagi va falastinliklarning ajralmas huquqlariga taalluqli bo‘lib, ular keng qamrovli milliy pozitsiya bilan bog‘liq va xalqaro huquqqa asoslangan. Ushbu mavzular HAMAS ham kiradigan umumfalastin tuzilmasi doirasida muhokama qilinishi rejalashtirilgani ta’kidlangan.

Abu Marzukning Al Jazeera’ga aytishicha, Tramp rejasining bandlarini amalga oshirish tafsilotlar va tushuntirishlarni talab qiladi.

“Biz harakat va qurol bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha muzokaralarni boshlaymiz. Rejani (Tramp rejasini) muzokaralar jarayonisiz amalga oshirish mumkin emas”, dedi u.

​Siyosiy byuro rahbari o‘rinbosari harakatning Tramp rejasiga prinsipial jihatdan qo‘shilganini, biroq aniq bandlar muhokama qilinishi kerakligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS qurollarni “bo‘lajak Falastin hukumatiga” topshiradi.

Trampning G‘azo bo‘yicha rejasi

29-sentyabr kuni kuni Oq uy Trampning G‘azo sektoridagi mojaroni tugatish bo‘yicha 20 banddan iborat “to‘liq” rejasini e’lon qildi. Unda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va garovlarni 72 soat ichida ozod qilish ko‘zda tutilgan.

HAMAS va “boshqa guruhlar” G‘azoni boshqarishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etmaslikka rozi bo‘lishi kerak. Tinch-totuv yashashga va qurolni topshirishga rozi bo‘lgan harakat a’zolari uchun amnistiya ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, Isroil yarim eksklavni bosib olmasligi yoki anneksiya qilmasligi kerak.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu rejani qo‘llab-quvvatladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u harbiy maqsadlarga erishish uchun javob beradi. Shu tariqa ulardan beshtasiga garovlarni qaytarish, yarim eksklav atrofidagi chegaralar xavfsizligi, G‘azoni demilitarizatsiya qilish, sektorni Falastin ma’muriyati yoki HAMAS ishtirokisiz boshqarishga erishiladi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar