Sevimli turk seriallari qahramonlari tomoshabinlar qalbida alohida o‘rin egallagan. Ularning ijrosi, obrazga kirish mahorati va samimiyligi muxlislarni ekranga mixlab qo‘yadi. Hozirda ko‘pchilik sevimli aktyor va aktrisalarning qaytishini intizorlik bilan kutmoqda.
Nebahat Chehre

Mashhur asarlari: “Muhtasham yuz yil”, “Taqiqlangan sevgi”, “Iflos pul va muhabbat”, “Menejerimga qo‘ng‘iroq qiling”, “Iyun kechasi”.
Nebahat kino olamiga modellik sohasidan kelgan. Aynan u 1960-yilda “Turkiya go‘zali” unvonini qo‘lga kiritgan. Chehre ikki marta turmush qurgan, ammo har ikkisida ham o‘z xohishi bilan ajrashgan. “Muhtasham yuz yil” yulduzining farzandi yo‘q. Suhbatlarning birida u onalikni ongli ravishda rad etganini va bundan hech qachon afsuslanmaganini aytgan. Nebahatning so‘nggi ishi “Menejerimga qo‘ng‘iroq qiling” seriali bo‘ldi. Aktrisa koronavirus pandemiyasi tufayli ishdan tanaffus olishga majbur bo‘lgan. Biroq ijodiy ta’til cho‘zilib ketdi. Bir necha hafta oldin Chehre ning “Asos: Orxan” serialida suratga tushish uchun taklif olgani ma’lum bo‘ldi, ammo tomonlar kelishuvga erisha olishmadi. Turdizi yulduzi ekranlarga qaytishga tayyorligini yashirmaydi, u faqat munosib ssenariyni kutmoqda.
Engin Altan

Mashhur asarlari: “Ertug‘rul”, “Krupye”, “Agar bulut bo‘lsam”, “Sila. Uyga qaytish”.
Engin Altan bolaligidan aktyor bo‘lishni orzu qilgan va 18 yoshida bu orzusini amalga oshirgan. Afsuski, so‘nggi yillarda turk seriali yulduzi ekranlarda kamdan-kam ko‘rinmoqda. 2022-yilda “Krupye” seriali va “Otamning skripkasi” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. 2025-yil may oyida bir nechta turk OAV Altanning Dubayga ko‘chib ketayotgani haqida xabar tarqatdi. Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Altan yangi turk va arab seriallarida suratga tushishni rejalashtirmoqda. Biroq uning yangi loyihalari haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Murat Yunalmish

Mashhur asarlari: “Guljamol”, “Samoviy ishq”, “Chukurovada bir kun”, “Qush qanotidagi sevgi”.
Murat Yunalmish kinematografiyada ishlashni hech qachon o’ylamagan. Bolaligida u basketbolchi bo‘lishni orzu qilgan, ammo oliy ma’lumot olgandan so‘ng, kinoda o‘zini sinab ko‘rishga qaror qiladi. Bugungi kunga kelib aktyorning filmografiyasi 15 dan ortiq filmni o‘z ichiga oladi. Aynan u “Geje qanotlari”, “Men quyoshni ko‘rdim”, “Samoviy ishq” kabi seriallarda bosh rollarni ijro etgan.
2024-yil aprel oyida esa Yunalmish birinchi marta ota bo‘ldi - rafiqasi unga Selim Baran ismli o‘g‘il tuhfa etdi. Aynan to‘ng‘ich farzandning tug‘ilishi turk aktyorining ishga qaytishga shoshilmasligiga sabab bo‘ldi - Murat iloji boricha ko‘proq vaqtini rafiqasi va o‘g‘li bilan o‘tkazishga harakat qilmoqda. U karyerasini rasman yakunlagani haqida hech qanday bayonot bermagan, shuning uchun aktyorning muxlislari yaqin kelajakda uni yana ekranlarda ko‘rishga umid qilmoqdalar.
Beren Saat

Mashhur asarlari: “Mening dunyoyim”, “Fatmagulning aybi nima?”, “Taqiqlangan sevgi”, “Muhtasham yuz yil. Ko‘sem saltanati”, “In’om”.
Bir necha yil oldin Berenni vatanida “Turkiya gavhari” deb atashardi - aqlli, go‘zal, iste’dodli va talabgir aktrisa o‘z kasbining haqiqiy ustasi sifatida tan olingandi. Ammo so‘nggi yillarda Saat yangi filmlarda juda kam ko‘rinmoqda. 2019-yilda u Mehmet Gunsur bilan birga suratga tushgan “In’om” serialining premyerasi bo‘lib o‘tdi, 2023-yilda esa “Istanbulga parvoz tugayapti” filmi chiqdi. Unda Saat va Kivanch Tatlitug‘ yana bosh rollarni ijro etishdi. Biroq film “Taqiqlangan sevgi”ning muvaffaqiyatini takrorlay olmadi.
O‘tgan yili Beren kutilmagan e’tirofi bilan jamoatchilikni hayratga soldi. Uning aytishicha, hozirda kino ijodkorlari yetarli erkinlikka ega emas va aynan shu sababli seriallarning ko‘pchiligi muddatidan oldin yopilmoqda. O‘shanda aktrisa hozircha kinoga qaytishni rejalashtirmayotganini, bunda hech qanday ma’no ko‘rmayotganini ham aytdi. Shu bilan birga, u kelajakda qiziqarli ssenariy topilsa, yana serialda rol o‘ynashi mumkinligini inkor etmadi.
Neslihan Atagul

Mashhur asarlari: “Ishq sohillari”, “Sevgi iztirobi”, “Elchining qizi”, “Tun so‘ngida”.
Go‘zal Neslihan “Ishq sohillari” filmi premyerasidan so‘ng tanildi, “Sevgi iztirobi” esa uni jahon miqyosidagi yulduzga aylantirdi. Afsuski, sog‘lig‘idagi muammolari tufayli Atagul “Elchining qizi” serialidan ketishga majbur bo‘ldi, biroq 2022-yilda muxlislar uni yangi loyihada - “Tun so‘ngida”da ko‘rishdi, u yerda turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘ulu bilan bosh rolni o‘ynadi. Turkdizi yulduzi so‘nggi bor 2023-yilda “Oh, Belinda” filmida Dilara/Handan rolini ijro etib, ekranlarga chiqdi. Film premyerasidan keyin turk aktrisa ta’tilga chiqdi.
2024-yilda u yangi tarixiy serialda bosh rolni o‘ynashi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi, ammo ko‘p o‘tmay Neslihan bu taklifni rad etishga majbur bo‘ldi. 2025-yil 6-martda turkdizi yulduzi ilk bor ona bo‘ldi - u Aziz ismli o‘g‘lini dunyoga keltirdi. Hozirda Kadir Dog‘uluning turmush o‘rtog‘i bola parvarish ta’tilida, ammo bu uning reklama roliklarida suratga tushishiga xalaqit bermayapti. U hozircha ishga qaytishi haqida indamayapti, biroq muxlislar kelasi yildayoq sevimli aktrisalarini ekranlarda ko‘rishga umid qilmoqda.








