Daryo

Surxondaryoda farzandlariga aliment toʻlamagan ota 1 yilga qamaldi

Ushbu shaxs avvalroq ham farzandlari ta’minotidan bosh tortgani uchun 15 sutkaga qamalgan.

1 daqiqa o‘qish1 588 ko‘rishlar0 izoh1

Surxondaryoda farzandlariga aliment toʻlamagan ota 1 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Milliy” telekanalida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, Jarqoʻrgʻon tumanida ota 2 nafar farzandi uchun aliment pulini toʻlamay yurib, dastlab 15 sutkaga qamalgan, ammo fuqaro jazodan xulosa chiqarmagan.

Holat yuzasidan navbatdagi sud majlisida esa ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 127-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topildi va 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, pullar daʼvogar foydasiga undirilishi belgilandi.

Avvalroq Samarqandda aliment toʻlashdan qochib yurgan ota uyida shkaf ichidan topilgandi. Ushbu shaxs farzandlari uchun 60 million soʻmdan ortiq aliment pullarini toʻlamay kelgan.

Boshqa bir holatda esa Namanganda joriy yilda 8,7 milliard soʻmlik aliment MIB orqali undirilgani xabar qilingandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar