Madridning “Real” klubi “Yuventus”ning markaziy himoyachisi Bremerga qiziqish bildirmoqda. “Qirollik klubi” David Alaba va Antoni Ryudiger kabi futbolchilar bilan xayrlashgach, ularning o‘rniga braziliyalik himoyachini sotib olmoqchi. Bu haqda Defensa Central nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining “qaymoqranglilar” safiga o‘tishiga uning transfer narxi to‘siq bo‘lishi mumkin. “Yuventus” Bremerning qiymatini 60 million yevroga baholamoqda. Biroq “Real” 28 yoshli himoyachi uchun bunday summani to‘lashga tayyor emas.
Ta’kidlanishicha, Angliya Premyer Ligasining bir qancha klublari “Yuventus” talab qilayotgan summasini to‘lashga tayyor. Jumladan, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” kabi jamoalar ham Bremer uchun taklif tayyorlamoqda.
Ma’lumot uchun, jotiy mavsum Bremer barcha musobaqalar doirasida jami beshta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali himoyachining qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.








