O‘zbekistonda 2025-yilning ikkinchi choragida ishsizlik darajasi 5,1 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan pasaygan (2024-yilda — 5,5 foiz).
Taqqoslash uchun, Yevropa Ittifoqida joriy yilning ikkinchi choragida ishsizlik darajasi o‘rtacha 6 foizni tashkil etdi. Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqining rivojlangan davlatlarida ko‘rsatkich oshgan bo‘lsa, O‘zbekistonda pasayish kuzatilgan.
MDH mamlakatlari orasida ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar:
- Armaniston — 14 foiz;
- Ozarbayjon — 5,3 foiz.
- O‘zbekiston esa uchinchi o‘rinda (5,1 foiz) qayd etildi.
Qozog‘iston 4,6 foizlik ko‘rsatkich bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan. MDH davlatlari orasida eng past ko‘rsatkich Rossiyada kuzatilgan — 2,2 foiz.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda ishsizlar soni bo‘yicha O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda qayd etilgan edi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyada 1,9 million, O‘zbekistonda esa 836,4 ming ishsiz mavjud bo‘lgan. Eng kam rasmiy ro‘yxatga olingan ishsizlar Qirg‘izistonda bo‘lgan: 104,7 ming kishi.

Shunday qilib, O‘zbekiston hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari orasida ishsizlik darajasi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turibdi.








