Daryo

Kannavaroning O‘zbekiston terma jamoasidagi debyuti qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi — manba

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, O‘FA hamda italiyalik mutaxassis o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan.

1 daqiqa o‘qish1 278 ko‘rishlar0 izoh2

Italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishga yaqin turibdi. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan.

Uning murabbiylar shtabida assistent sifatida Chichcho Troize, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida esa Eugenio Albarella faoliyat yuritishi kutilmoqda.

“Fabio Kannavaro 2026-yilgi jahon chempionati oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiyi bo‘lishga yaqin turibdi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda”, deydi Skira o‘zining X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi sahifasida.

Unga ko‘ra, agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, Kannavaro 13-oktyabr kuni Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilishi mumkin.

Avvalroq boshqa bir insayder Fabritsio Romano ham O‘zbekiston futbol assotsiatsiya hamda italiyalik mutaxassis o‘rtasida muzokara boshlangani haqida xabar berilgandi. 

Ma’lumot uchun, Kannavaroning so‘nggi ish joyi Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubi bo‘lib, u 2025-yil 9-aprel kuni jamoaning qoniqarsiz natijalari sababli lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi oktyabr oyida ikkita o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. 9-oktabr kuni Toshkentda Kuvaytga qarshi o‘ynasa, 13-oktyabr kuni esa Malayziyada Urugvay bilan kuch sinashadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar