Daryo

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Kannavaro bilan muzokara boshladi — Fabritsio Romano

Avvalroq OAVda italiyalik murabbiy O‘FA taklifini rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

1 daqiqa o‘qish1 046 ko‘rishlar0 izoh2

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kannavaro bilan muzokaralarni boshlagan. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

Romano bergan xabarga ko‘ra, O‘FA rahbariyati Kannavaroni O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Agar kelishuv muvaffaqiyatli yakunlansa, 2006-yilgi “Oltin to‘p” sohibi 2026-yilgi jahon chempionati oldidan “oq bo‘rilar” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Foto: X / Fabrisio Romano

Avvalroq OAVda italiyalik murabbiy O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifini rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Sabab sifatida uning Yevropa klublaridan taklif kutayotgani, shu bois terma jamoalardan tushayotgan takliflarga javob bermayotgani aytilgan edi. Biroq Romano bergan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, hozirda Kannavaro O‘FA bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazmoqda.

Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro Osiyo qit’asida murabbiylik tajribasiga ega. U avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy va Saudiya Arabistoni klublarida, shuningdek, Xitoy terma jamoasida ham faoliyat olib borgan. Shuningdek, Italiyaning “Benevento”, “Udineze” hamda Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klublarida bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Fabio Kannavaroniing so‘nggi ish joyi — Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubi bo‘lib, u 2025-yil 9-aprel kuni jamoaning qoniqarsiz natijalari sababli lavozimidan ozod etilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar