Daryo

Rasman. O‘zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida Urugvay bilan o‘ynaydi

Uchrashuv Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish1 388 ko‘rishlar0 izoh3

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Urugvayga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur jamoalar o‘rtasidagi bahs 13-oktyabr kuni Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida tashkil etiladi.

Bu bellashuv Janubiy Amerikaning kuchli termalaridan biriga qarshi uchinchi o‘yin bo‘ladi. Ilgari ikki uchrashuv — 2018 va 2019 yillarda o‘tkazilgan va har ikkisida ham urugvayliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. Yangi belgilangan o‘yin Temur Kapadze boshchiligidagi jamoaga 2026-yil AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan mundial uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Ma’lumot uchun, hozirda Urugvay terma jamoasini argentinalik mutaxassis Marselo Byelsa boshqaradi. Transfermarkt portali “ko‘k-oqlar”ning umumiy qiymatini 433 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar