Daryo

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi — Fabritsio Romano

Unga ko‘ra, italiyalik mutaxassis og‘zaki ravishda 2026-yilgi Jahon Chempionati doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘lishga rozilik bildirgan.

1 daqiqa o‘qish1 682 ko‘rishlar0 izoh0

Italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Unga ko‘ra, italiyalik mutaxassis og‘zaki ravishda 2026-yilgi Jahon Chempionati doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘lishga rozilik bildirgan. Shartnoma bandlari yuzasidan kelishuvga erishilgan bo‘lib, rasmiy hujjatlar 24–48 soat ichida imzolanishi kutilmoqda.

Avvalroq boshqa bir insayder Nikolo Skira Kannavaro murabbiylar shtabida assistent sifatida Chichcho Troize, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida esa Eugenio Albarella faoliyat yuritishi mumkinligini va uning rasmiy debyuti 13-oktyabr kuni Urugvayga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvida amalga oshishini xabar qilgandi.

Ma’lumot uchun, Kannavaroning so‘nggi ish joyi Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubi bo‘lib, u 2025-yil 9-aprel kuni jamoaning qoniqarsiz natijalari sababli lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi oktyabr oyida ikkita o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. 9-oktyabr kuni Toshkentda Kuvaytga qarshi o‘ynasa, 13-oktyabr kuni esa Malayziyada Urugvay bilan kuch sinashadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar