Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustoziga aylanishi kutilmoqda. Championat nashrining xabar berishicha, italiyalik mutaxassis “oq bo‘rilar” bilan 1+4 ko‘rinishida shartnoma imzolaydi.
Shartnoma bandlari yuzasidan kelishuvga erishilgan bo‘lib, rasmiy hujjatlar 24–48 soat ichida imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasining amaldagi murabbiyi Temur Kapadze italiyalik mutaxassisga yordamchi murabbiy bo‘lib faoliyat olib boradi.
Mutaxassisning rasmiy debyuti 13-oktyabr kuni Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida amalga oshadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi oktyabr oyida ikkita o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. 9-oktyabr kuni Toshkentda Kuvaytga qarshi o‘ynasa, 13-oktyabr kuni esa Malayziyada Urugvay bilan kuch sinashadi.








