Daryo

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbarlari taniqli mutaxassis bilan muzokaralarni aynan uning yurti — Italiyada o‘tkazgan.

1 daqiqa o‘qish1 428 ko‘rishlar2 izoh7

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida Italiyaga bordi. Bu haqda Championat nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq himoyachi, hozirda murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Fabio Kannavaro O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbarlari Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi bilan muzokaralarni aynan uning yurti — Italiyada o‘tkazgan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Kannavaro 2026-yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasini bosh murabbiy sifatida boshqarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 52 yoshli Kannavaro o‘tgan oy O‘zbekistonda mehmon bo‘lib, futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvini tomosha qilgan edi. O‘shanda jurnalistlar uning o‘zbek terma jamoasini boshqarish ehtimoli haqida so‘rashganida, u quyidagicha javob bergan:

“Shartnoma qayerda? Albatta, bu katta mas’uliyat. Yo‘q demagan bo‘lardim. Agentim shu yerda, gaplashib ko‘rishsa bo‘ladi.”

Ma’lumot uchun, Kannavaro uchun Osiyo qit’asi begona emas. U bungacha BAA, Xitoy va Saudiya Arabistoni klublarida, shuningdek, Xitoy terma jamoasida ham faoliyat olib borgan. Shuningdek, “Benevento”, “Udineze” va Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klublarida ham bosh murabbiy sifatida ishlagan



Fabioning so‘nggi ish joyi “Dinamo Zagreb” bo‘lib, 2025-yilning 9-aprel kuni jamoaning muvaffaqiyatsiz natijalari sababli lavozimidan ozod etilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar