Daryo

Si Szinpin savdo bitimi uchun Trampga shart qoʻydi — WSJ

Xitoy raisi Amerika yetakchisidan Tayvan mustaqilligidan noroziligi haqida rasmiy bayonot berishni talab qilgan.

1 daqiqa o‘qish1 091 ko‘rishlar0 izoh1

Xitoy raisi Si Szinpin savdo bitimini imzolash uchun AQSH prezidenti Donald Trampga shart qo‘ydi. Bu haqda muzokaralardan xabardor manbalarga tayanib, The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.

Maʻlumotlarga ko‘ra, Xitoy rahbari Amerika yetakchisidan Tayvan mustaqilligidan noroziligi haqida rasmiy bayonot berishni talab qilgan. Si Szinpin savdo muzokaralarini bosim vositasi sifatida qo‘llamoqchi ekani aytilmoqda.

“Xitoy rahbari AQSH Tayvan mustaqilligiga qarshi ekanini rasman e’lon qilish uchun bosim o‘tkazishni rejalashtirmoqda”, deydi WSJ suhbatdoshi.

​

AQSH siyosatining bunday o‘zgarishi Tayvanning xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga olib kelishi mumkin. Ikki davlat rahbarlari Tayvan masalasini 31-oktyabr kuni Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan OTIH (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi tashkiloti)sammitida muhokama qilishi kutilmoqda.

5-sentabr kuni Alyaskada AQSH va Tayvan maxfiy muzokaralar o‘tkazgani ma’lum bo‘lgandi. Muzokaralar iyun oyida Vashingtonda bo‘lishi kerak bo‘lgan uchrashuv bekor qilingach o‘tkazilgan. Alyaskada uchrashuv o‘tkazish va uning darajasini pasaytirish qarori Tramp va Si Szinpinning ehtimoliy sammitini xavf ostiga qo‘ymaslik uchun qabul qilingan.

1949-yilda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Tayvan 1980-yillardan beri Xitoy ilgari surayotgan “bir mamlakat, ikki tizim” modelini rad etadi. Vashingtonning Taybey bilan diplomatik aloqalari yo‘q. Ammo AQSH 1979-yilda qabul qilingan “Tayvan bilan munosabatlar to‘g‘risida”gi qonun doirasida unga o‘zini himoya qilish uchun qurol sotadi. Yaqinda Tramp Tayvanga 400 million dollarlik harbiy yordamni to‘xtatib qo‘ygandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar