Daryo

Ispaniya AQSH kemalariga bazalari orqali Isroilga qurol tashishni taqiqladi

Mamlakat allaqachon yahudiy davlatiga qurol sotishni to‘xtatgan. Yangi qaror esa tranzit orqali o‘tayotgan harbiy yuklarga tegishli.

1 daqiqa o‘qish828 ko‘rishlar0 izoh3

Ispaniya AQSHning kema va samolyotlariga bazalari orqali Isroilga qurol olib o‘tishni taqiqladi. Bu haqda El Pais xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, gap Rota (Kadis provinsiyasi) va Moron-de-la-Frontera (Sevilya provinsiyasi) bazalari haqida ketmoqda. Taqiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri yahudiy davlatiga yo‘l olgan kemalarga ham, oraliq to‘xtashdan so‘ng oxirgi manzili Isroil bo‘lgan kemalarga ham taalluqli.

Shu bilan birga, qirollik Ispaniya bazalarida to‘xtagan Amerika transport samolyotlari yoki kemalarini tekshirmaydi. Pentagon AQSH kemalari qanday yuk tashiyotganini yashirishi mumkin.

“Biroq ittifoqchilar o‘rtasidagi munosabatlar ishonchga asoslangan bo‘lib, aks holatda o‘zaro ishonchga jiddiy zarar yetadi”, deyiladi xabarda.

​

Ispaniya G‘azo sektoridagi vaziyat tufayli Isroilga nisbatan ancha qat’iy pozitsiyani egallagan. Mamlakat Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishni taqiqlagan. Isroilning Yevropadagi eng keskin tanqidchilaridan biri bo‘lgan Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches G‘azodagi “vahshiyliklar va genotsid”ni qattiq qoralab, mamlakatni xalqaro sport musobaqalaridan chetlashtirishga chaqirgan.

Bundan tashqari, qurol-yarog‘ yetkazib berishga to‘liq embargo qo‘yish, harbiy jinoyatlarga aloqador Isroil amaldorlarining mamlakatga kirishini taqiqlash, harbiy hamkorlikni to‘xtatish va falastinliklarga insonparvarlik yordamini kengaytirish kabi choralarni ilgari surgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar