Daryo

Shavkat Mirziyoyev AQSHdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi (foto)

Shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Prezident ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini aytdi.

1 daqiqa o‘qish1 546 ko‘rishlar0 izoh1

Shavkat Mirziyoyev AQSHga amaliy tashrifini yakunlar ekan, an’anaga ko‘ra, ushbu mamlakatda mehnat va istiqomat qilayotgan vatandoshlar, shuningdek, AQSHning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi. 

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, norasmiy muhitda o‘tgan samimiy suhbat davomida Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar, xususan, ularni faol ilgari surishda vatandoshlar va ularni birlashtiruvchi tashkilotlarning ishtiroki muhokama qilindi. Uchrashuvda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan vatandoshlar va yoshlar o‘rtasida muloqot maydonini yaratishga qaratilgan "Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni"ga start berildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ishtirokchilar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy va ta’lim aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalariga AQSHning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, tibbiyot, transport va logistika sohalarida innovatsiyalarni ilgari surish, mamlakatda marketpleyslarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Davlat rahbari yig‘ilganlarga Vatan taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, aytilgan barcha taklif va tashabbuslar vazirlik va idoralar tomonidan puxta o‘rganib chiqilishi, eng istiqbollilari esa amaliyotga tatbiq etilishini ta’kidladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston prezidenti AQSHda “El-yurt umidi” stipendiatlari soni 500 nafardan oshganiga alohida e’tibor qaratdi Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va tajribasini ona yurtda qo‘llash uchun imkoniyat yaratish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev talabalarga o‘qishda va kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, davlat yoshlarning tashabbuslariga doimo ochiqligi va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidladi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘z navbatida, uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston yetakchisiga xorijdagi vatandoshlar va yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, Vatani ravnaqiga yanada ko‘proq hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar