Daryo

Yangi qonunchilik choralari ortidan Singapurdagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Ushbu davlatda tamaki mahsulotlarini, qizdiruvchi qurilmalar, elektron sigaretalar, “K-pods” turidagi va tarkibida etomidat mavjud boʻlgan veyplarga qarshi qatʼiy qonunchilik choralari kuchga kirdi.

1 daqiqa o‘qish1 185 ko‘rishlar0 izoh1

Joriy yilning 1-sentyabridan kuchga kirgan yangi qonunchilik choralari ortidan Singapurdagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Singapurdagi elchixonasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu sanadan boshlab davlatda tamaki mahsulotlarini qizdiruvchi qurilmalar (IQOS va boshqalar) hamda elektron sigaretalar (veyplar), ayniqsa, “K-pods” turidagi va tarkibida etomidat mavjud boʻlgan veyplarga qarshi yanada qatʼiy qonunchilik choralari kuchga kirgan.

Singapurga shu kabi qurilmalarni olib kirish, sotish, saqlash va foydalanish taqiqlanadi.

Bunda koʻriladigan choralar:

1. Saqlash yoki chekish uchun 2 000 Singapur dollarigacha jarima;

2. Sotish yoki olib kirish uchun 10 000 Singapur dollarigacha jarima hamda 6 oygacha qamoq. Ushbu holat takroran sodir etilsa 20 000 Singapur dollarigacha jarima hamda 12 oygacha qamoq;

3. Takroriy hollarda majburiy reabilitatsiya va keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin.

Bundan tashqari, ushbu mamlakatda “K-pods” turidagi veyplarni giyohvand moddalar bilan bogʻliq qurilma sifatida baholanadi, etomidat esa rasmiy ravishda S sinfdagi giyohvand moddalar roʻyxatiga kiritilgan.

Shu kabi mahsulotlar kontrabandasi uchun 3 yildan 20 yilgacha qamoq va 5 tadan 15 tagacha qamchi jazosi berilishi mumkin.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar