“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning klubga qo‘shilganidan buyon namoyish etayotgan o‘yinini yuqori baholadi. Bu haqda “shaharliklar” matbuot xizmati xabar berdi.
“Abduqodir bizda yaxshi taassurot qoldirmoqda. U markaziy himoyachi sifatida o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Qolaversa, chap qanot himoyasidan tashqari, himoyaning barcha chiziqlarida harakat qila oladi”, dedi Gvardiola.
Ispaniyalik mutaxassis Husanov hujumda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmasa-da, uning boshqa ijobiy jihatlari bor ekanligini ta’kidladi:
“Ehtimol, u hujumda yetarlicha faol bo‘lmas, biroq himoyada juda ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Jismoniy jihatdan kuchli, o‘yini barqaror. U menga eng yaxshi formadagi Kayl Uokerning harakatlarini eslatadi. Abduqodir hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda ham o‘zini ko‘rsatmoqda. O‘rganishdan qochmaydi”.
Pep Gvardiola o‘zbekistonlik futbolchining qisqa vaqt ichida ko‘rsatgan o‘yini haqida ham to‘xtaldi:
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov joriy mavsum “Manchester Siti” tarkibida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali o‘zbekistonlik himoyachining qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.“U hali juda yosh. Avvaliga O‘zbekistondan Fransiyaga ko‘chib o‘tdi va Liga 1 doirasida 8–10 ta o‘yin o‘tkazdi. Keyin esa “Manchester Siti”ga kelib, jamoa uchun oson bo‘lmagan davrda moslasha oldi. Menimcha, Husanov — ajoyib futbolchi. Biroz muddat o‘tgach, uni qanchalar yaxshi futbolchi ekanligini anglab yetasizlar. O‘ylaymanki, bu yigit “Siti”da uzoq yillar faoliyat olib boradi”, deya qo‘shimcha qildi Gvardiola.








