Isroil futboli va sport jamoatchiligi orasida 23-sentyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan UEFA yig‘ilishida mamlakatning Yevropa musobaqalaridan noma’lum muddatga chetlatilishi bo‘yicha qaror qabul qilinishi mumkinligi yuzasidan jiddiy xavotir kuchaymoqda. Bu haqda Israel Hayom nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 20 ta mamlakatning aksariyati Isroilni chetlatish tarafdori bo‘lib turibdi. Faqat ikki yoki uch davlat bunga qarshi pozitsiyada ekanligini ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, Isroil futbol assotsiatsiyasi (IFA) ushbu masalaning kun tartibiga kiritilishining oldini olish uchun “shoshilinch va izchil” harakat qilmoqda. Isroil tomon agar bu masala ovoz berishgacha yetib borsa, Isroil jamoalari Yevropa futbolida ishtirok etish huquqidan, hech bo‘lmaganda, yaqin kelajakda mahrum bo‘lishini yaxshi anglab turibdi.
Ma’lumot uchun, avvalroq Italiya murabbiylari assotsiatsiyasi mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Gabriel Gravina nomiga murojaat qilib, undan Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA)ga rasmiy so‘rov yuborishni talab qilgani va unda Isroil terma jamoasini vaqtincha xalqaro musobaqalardan chetlatish so‘ragani xabar qilingandi.








