Daryo

FIFA rahbari o‘zi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan ayolga katta miqdorda pul berganlikda ayblanmoqda

Tekshiruvlar funksionerning UEFAdagi 16 yillik faoliyatini (2000-yildan 2016-yilgacha) to‘liq qamrab oladi.

1 daqiqa o‘qish8 302 ko‘rishlar0 izoh6

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) hozirda FIFA prezidenti lavozimida ishlayotgan Janni Infantinoga nisbatan rasmiy tergov ishlarini boshlashi kutilmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, tekshiruvlarga Infantinoning jazmaniga qilingan to‘lovlar sabab bo‘lgan. Nashrning yozishicha, Infantino UEFA bosh kotibi bo‘lib ishlagan davrda, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan xodimaga tashkilot hisobidan yuz minglab yevro miqdorida tovon puli to‘lab bergan. Manbaga ko‘ra, bo‘lajak tekshiruvlar funksionerning UEFAdagi 16 yillik faoliyatini (2000-yildan 2016-yilgacha) to‘liq qamrab oladi.

Ma’lumot o‘rnida, Janni Infantino 2009-yildan 2016-yilgacha UEFA bosh kotibi lavozimida ishlagan. Shundan so‘ng u FIFA rahbari etib saylandi va keyinchalik muqobil nomzodlarsiz yana ikki marta ushbu lavozimni saqlab qoldi. E’tiborli jihati shundaki, 56 yoshli mutaxassis 2001-yildan buyon qonuniy nikohda yashaydi va uning to‘rt nafar farzandi bor.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar