Toshkent shahar Yangihayot tumanida avtobus haydovchisi 2007-yilda tug‘ilgan piyodani bosib ketdi. Holat yuzasidan YHXB xabar berdi.
Keltirilishicha, holat 19-sentyabr kuni soat 07:00 larda Yangihayot tumani Choshtepa 2-darajali yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yutong rusumli avtobus haydovchisi 2007-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan. Videodan ko‘rish mumkinki piyoda avtobus g‘ildiraklari orasida qolib ketgan.
YTH oqibatida piyodaga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda piyodaning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








