Daryo

Toshkent aeroportida 9 ta iPhone 17 ni noqonuniy olib kirayotgan shaxs ushlandi

Doha—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha kelgan O‘zbekiston fuqarosidan umumiy qiymati qariyb 230 mln so‘mlik telefonlar topilgan.

1 daqiqa o‘qish1 478 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent xalqaro aeroportida 9 ta iPhone 17 noqonuniy olib kirilishi fosh etildi. Bu haqda “Toshkent-AERO” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Doha—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha kelgan O‘zbekiston fuqarosi bojxona nazorati zonasining “yashil yo‘lagi”dan o‘tishga uringan.

Tekshiruv vaqtida uning bagajidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan, umumiy qiymati qariyb 230 million so‘mlik 9 dona iPhone 17 telefoni topilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekistonga telefon olib kirish qoidalari va javobgarlik

 Asosiy shartlar:

Shaxsiy foydalanish uchun 1–2 dona telefonni bojxona toʻlovisiz olib kirish mumkin (belgilangan qiymat va limit doirasida).

Har qanday yangi qurilma yoʻlovchi deklaratsiyasida koʻrsatilishi shart.

Telefonni rasmiy tartibda olib kirgandan soʻng IMEI roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim, aks holda u Oʻzbekistonda ishlamaydi.

Noqonuniy olib kirilganda qoʻllaniladigan chora-tadbirlar:

Musodara — deklaratsiya qilinmagan yoki yashirilgan telefonlar vaqtincha yoki butunlay olib qoʻyiladi.

Jarima va bojxona toʻlovi — qurilma qiymatining 30 foizgacha miqdorda undirilishi mumkin.

Surishtiruv va javobgarlik — tijorat maqsadida ko‘plab telefon olib kirish kontrabanda sifatida baholanib, Jinoyat kodeksi asosida javobgarlik yuzaga keladi.

IMEI roʻyxatga olinmaydi — noqonuniy kiritilgan telefonlar mahalliy SIM-kartalarda ishlamasligi mumkin.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar