Daryo

Putin bosib olingan Ukraina hududlaridan har bir harbiyga 2 gektardan yer beradi — OAV

Rossiyada 2024 va 2025-yillarda ham shunday tashabbuslar ilgari surilgan edi. Biroq yer berish amaliyoti Rossiya hududlariga tatbiq etilmaydi.

1 daqiqa o‘qish1 336 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning bosib olingan yerlaridan har bir harbiyga ikki gektardan yer beradi. Bu haqda Ukraina Milliy qarshilik markazi xabar berdi.

“Rossiya prezidenti jangchilariga 2 gektardan Ukraina yerini va’da qilgan. Rossiya urushi sof mustamlakachilik urushi bo‘lib, buni Vladimir Putinning harbiylarga yer berish va’dasi tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.

​

Ta’kidlanishicha, rossiyaliklar Ukrainadan tortib olingan olingan yer uchastkalarini o‘z harbiylariga mukofot sifatida tarqatish niyatlarini yashirmayapti.

“Avvalroq Rossiya ommaviy axborot vositalarida Kiyevning go‘yoki Donbass yerlarini ukrainalik askarlarga bo‘lib berish niyatlari haqida soxta ma’lumotlar tarqatgan edi”, deydi Milliy qarshilik markazi.

​

2024-yilda Rossiyada urushda qatnashganlarga 1 gektar yer berish taklif qilingandi. Mazkur qonun loyihasi Davlat Dumasiga Sergey Mironov boshchiligidagi “Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” fraksiyasi tomonidan taqdim etilgan. Taklifga ko‘ra, yer uchastkalari Ukraina hamda tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari hududlaridan ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Bunday yer uchastkasi har qanday subyekt hududida faqat bir marta berilishi mumkin. Biroq Qrim, federal ahamiyatga ega shaharlar — Moskva, Sankt-Peterburg va Sevastopol; Moskva viloyati, Kaliningrad viloyati, shuningdek, Janubiy va Shimoliy Kavkaz federal okruglariga kiruvchi subyektlar bundan mustasno etib belgilangandi.

2025-yil mart oyida esa Rossiya prezidentining Uzoq Sharq bo‘yicha vakili Yuriy Trutnyev “Uzoq Sharq gektari” dasturini butun Rossiya bo‘ylab kengaytirishni taklif qilgan. Unga ko‘ra, Moskva va Sankt-Peterburg aglomeratsiyalaridan tashqari hududlarda harbiy operatsiya ishtirokchilari va ularning yaqinlariga yer uchastkalari berilishi kerak. Prezident Vladimir Putin esa bu tashabbusni ko‘rib chiqishni topshirgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar