Daryo

O‘zbekistonda ish haftasida havo biroz bulutli, o‘zgaruvchan bo‘ladi

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish1 016 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda ish haftasi havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Prognozlarga ko‘ra, 22—26-sentyabr kunlari havo harorati asosan kechalari 12-17 daraja, kunduz kunlari 24-29 daraja atrofida bo‘ladi.

22—23-sentyabr va 26-sentyabr kunlari Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

24 va 26-sentyabrda respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 13-16 daraja, kunduzi 22—23-sentyabrda 24-27 daraja, 24—26-sentyabrda 27-29 daraja bo‘ladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar