Daryo

“Milan” hamda “Inter” klublari Milan shahrini tark etishi mumkin

Bunga sabab sifatida yangi stadion qurilishi bilan bog‘liq muammolar aytilmoqda. “Inter” klubi prezidenti Juzeppe Marottaning aytishicha, vaziyat o‘zgarishsiz qolsa, mazkur jamoalar shahardan ketishga majbur bo‘lishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish1 988 ko‘rishlar0 izoh0

“Inter” klubi prezidenti Juzeppe Marotta Milan shahrida yangi stadion qurilishi bilan bog‘liq muammolar haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, agar vaziyat o‘zgarishsiz qolsa, “Inter” hamda “Milan” klublari shahardan ketishga majbur bo‘lishi mumkin.

“Futbol bilan bog‘liq inson sifatida bu holat menga biroz uyatli tuyulmoqda. Milanda sport ikkinchi darajaga tushib qolgan. “San-Siro” Chempionlar Ligasi finalini o‘tkazish mezonlariga javob bera olmayapti, hatto Yevro-2032 o‘yinlarini ham bu stadionga ishonib topshirishmadi. Buning sababi — 30 yil avval siyosatga kirib kelgan, juda konservativ fikrlaydigan ba’zi odamlardir. Ular bu kabi klublar uchun zamonaviy talablarga mos keladigan yangi stadionlar zarurligini tushunmayapti. Agar bu muammo hal etilmasa, “Inter” ham, “Milan” ham Milan shahrini tark etishga majbur bo‘ladi. Bu esa shahar uchun fojia bo‘ladi. Shunga qaramay, men optimistman. Shahar meri qanday harakat qilayotganini ko‘ryapman va oxir-oqibat, sog‘lom fikr ustun kelishiga umid qilaman”, deya Marottaning so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.

Ma’lumot uchun, “San-Siro” (“Juzeppe Meatsa”) stadioni 1926-yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda mazkur arenadan Milan shahrining ikki nomdor klubi — “Inter” hamda “Milan” jamoalari foydalanib keladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar