Daryo

Italiyadagi mashhur “San Siro” stadioni buziladigan bo‘ldi

Mazkur arenani rekonstruksiya qilish texnik jihatdan murakkab va samarasiz deb topilgan. Shu bois, “Inter” hamda “Milan” klublari yangi stadion qurish tashabbusi bilan chiqdi. Yangi arenaning qurilishi 2027-yilda boshlanishi, 2031-yilda esa yakunlanishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish1 481 ko‘rishlar0 izoh1

Milan shahri kengashi "San-Siro" stadionini “Inter” va “Milan” klublariga sotish bo‘yicha bitimni ma’qulladi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qaror 30-sentyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilingan. Bitim qiymati 197 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq, ikki Milan klubi — “Inter” va “Milan” — o‘z uy o‘yinlarini navbatma-navbat “San-Siro”da o‘tkazib kelayotgani sababli stadionni to‘liq sotib olish va uning o‘rnida zamonaviy arena qurish rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lum qilinishicha, amaldagi stadionni rekonstruksiya qilish texnik jihatdan murakkab va samarasiz deb topilgan. Shu bois, klublar yangi stadion qurish tashabbusi bilan chiqdi. Yangi arenaning qurilishi 2027-yilda boshlanishi, 2031-yilda esa yakunlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “San-Siro” stadioni ilk bor 1926-yilda foydalanishga topshirilgan va hozirga qadar Italiya futbolining ramzlaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar