Italiyaning “Verona” klubi hujumchisi Gift Orban A Seriyaning 33-turidan o‘rin olgan “Milan”ga qarshi o‘yindan (0:1) so‘ng muxlis bilan mushtlashib ketdi. Bu haqda Corriere Dello Sport nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Orban muxlis bilan suratga tushish uchun mashinasini to‘xtatishdan bosh tortgan, shundan so‘ng muxlis futbolchining avtomobiliga zarba bergan. Nigeriyalik forvard mashinadan tushib, u bilan janjallashgan. Mushtlashuv mehmonxona xodimining aralashuvi bilan to‘xtatilgan va u Orbanni yana mashinaga qaytishga majbur qilgan.
Ayni damda “Verona” Italiya chempionati turnir jadvalida 33 ta o‘yindan so‘ng 18 ochko jamg‘argan holda 19-o‘rinni egallab turibti.








