Daryo

OʻRI bilan kasallanish koʻrsatkichlari chaqaloqlarda yuqori — SES

Oʻzbekistonda oʻtkir respirator infeksiyalar bilan kasallanish koʻrsatkichlari epidemik boʻsagʻadan 36,5 foizga pastligi kuzatilmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 169 ko‘rishlar0 izoh0

Oʻtkir respirator infeksiyalar bilan kasallanish koʻrsatkichlari epidemik boʻsagʻadan 36,5 foizga pastligi kuzatilmoqda. Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi rasmiy xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya va qoʻshni mamlakatlarda OʻRIning sezilarli mavsumiy koʻtarilishi fonida aviaqatnovlar, mehnat migratsiyasi, xizmat safarlari orqali kasallikning chetdan kirib kelishi va tarqalish xavfi mavjud.

Sanepidqoʻmita tasarrufidagi 15 ta virusologiya laboratoriyalarida gripp va grippga oʻxshash kasalliklarni tashxislash amalga oshirilmoqda. OʻRI bilan kasallanish koʻrsatkichlari epidemik boʻsagʻadan, yaʼni koʻp yillik kasallanish koʻrsatkichidan 36,5 foizga pastligi kuzatilgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda shu turdagi kasallanishlar yoshma-yosh tahlil qilinganida, eng yuqori koʻrsatkich 0 — 1 yoshdagi chaqaloqlar oʻrtasida uchramoqda.

Taʼkidlash joiz, mamlakatda kuzatilgan oxirgi katta epidemiya COVID-19 pandemiyasi boʻlgan va unda 1,5 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar