Ijtimoiy tarmoqlarda maktab oʻquvchilari oʻzaro janjallashgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 11-sentyabr kuni taxminan soat 22:30 larda Mirobod tumani Qoʻyliq mavzesi 2-uy oldida 2005-yilda tugʻilgan 2 nafar fuqaro oʻzlariga notanish boʻlgan yigitlar bilan oʻzaro ogʻzaki tortishib qolgan.
Shundan soʻng, B.F. hamda E.X. voyaga yetmagan 2008-yilda tugʻilgan Sh.O. bilan oʻzaro urishib ketgan. Soʻng B.F. voyaga yetmagan Sh.O.ga oʻtkir tigʻli jism bilan tan jarohati yetkazgan. Oqibatda voyaga yetmagan Sh.O. shifoxonaga yotqizilgan, uning sogʻligʻi shifokorlar nazoratida.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“bezorilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.








