Daryo

Rossiya Belarus bilan harbiy mashg‘ulot o‘tkazayotganiga izoh berdi

Polsha mazkur mashg‘ulot sababli chegarasiga 40 ming harbiy joylashtirmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 262 ko‘rishlar0 izoh0

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Zapad-2025” strategik harbiy mashg‘ulotlari uchinchi davlatlarga qaratilmaganini, aksincha, bu faqatgina Rossiya va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilganini ta’kidladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“Ha, albatta, mashg‘ulotlar bo‘ladi. Bu oddiy rejali mashg‘ulotlar bo‘lib, hech kimga qarshi qaratilgan emas. Bu ikki strategik ittifoqchi o‘rtasidagi mudofaa hamkorligini davom ettirish va o‘zaro harakatlarni yaxshilashga qaratilgan”, dedi Peskov.

Unga ko‘ra, Rossiya shu siyosatni davom ettiradi va bu hech kimga sir emas. “Zapad-2025” mashg‘ulotlari 12-16-sentyabr kunlari Belarusda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mashg‘ulotlar Rossiya va Belarusning harbiy xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan va batalyon guruhlarining harakatlarini o‘rgatishga qaratilgan. Asosan, havo hujumlarini qaytarish, dushman razvedka-sabotaj guruhlariga qarshi kurashish, yadro qurollaridan foydalanish hamda Rossiyaning eng yangi “Oreshnik” o‘rta masofali ballistik raketa tizimini sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ayni paytda, Polsha va NATO “Temir himoyachi” divizion mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Unda taxminan 40 ming harbiy xizmatchi va 600 ta texnika ishtirok etadi. Vashington rasmiylari bu harakatlarni “Zapad-2025”ga javob sifatida baholamoqda. Polsha bosh vaziri Donald Task Belarus bilan chegara 12-sentyabr kechasi yopilishini ma’lum qilgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar