Daryo

Soxta xodimlar fuqaroni 170 ming dollarga chuv tushirdi

Fuqaro oʻzini Ichki ishlar, DXX va Markaziy bank xodimi deb tanishtirgan shaxslarga ishonib, mashinasi va uyini sotgan, jamgʻarmalarini yoʻqotgan, hatto qarzga kirgan.

1 daqiqa o‘qish5 980 ko‘rishlar0 izoh0

Soxta xodimlar fuqaroni 170 ming dollarga chuv tushirdi. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro M.P. 2024-yil dekabr oyida oʻzini Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va Markaziy bank xodimi deb tanishtirgan shaxslar taʼsirida 170 ming AQSH dollariga chuv tushgan.

Fuqaro soxta xodimlarga ishonib, mashinasi va uyini sotgan, jamgʻarmalarini yoʻqotgan, hatto qarzga kirgan. U pullaridan kriptovalyuta orqali ayrilgan.

Oʻtgan yilning dekabr oyida fuqaroning murojaatiga asosan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va u jabrlanuvchi sifatida tan olingan. Ombudsman shikoyatda koʻrsatilgan vajlarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga murojaat qildi.

Natijada Kiberxavfsizlik boshqarmasi tomonidan kriptodoʻkondan fuqaro M.P. foydasiga 115 ming dollar undirilishiga erishilgan.

“Oʻzini huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki bank xodimi deb tanishtirgan, ammo shaxsiy raqamlar orqali qoʻngʻiroq qilayotgan, toʻlov yoki maʼlumot soʻrayotgan shaxslarga ishonmang”, deyiladi xabarda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar