Daryo

Oʻzbekiston pasportining jahon reytingidagi oʻrni oʻzgardi

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozogʻiston pasporti eng kuchlisi deb topilgan.

1 daqiqa o‘qish1 728 ko‘rishlar0 izoh11

Jahonning eng kuchli pasportlari reytingini eʼlon qiluvchi Henley Passport indeksi maʼlumotlari yangilandi. Oʻzbekiston pasporti avvalgi oʻrnidan 2 ta pogʻonaga koʻtarildi.

Indeks Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi maʼlumotlari asosida tuzilib, fuqarolar vizasiz kirishi mumkin boʻlgan mamlakatlar sonini aks ettiradi. Unda Oʻzbekiston pasporti 72-oʻrinni egalladi.
The Henley Passport Index

Iyul oyida ushbu reytingda davlatimiz pasporti 74-oʻrinni egallab turgandi. Bu gal esa 2 pogʻonaga yuqoriladi.

Maʼlumotlarga koʻra, oʻzbekistonliklar 62 davlatga vizasiz kirish huquqiga ega.

Roʻyxatda fuqarolari 193 ta davlatga vizasiz tashrif buyurishi mumkin boʻlgan Singapur 1-oʻrinni band qilgan. Undan keyin esa Yaponiya va Janubiy Koreya turibdi. Ushbu davlatlarning fuqarolari 190 mamlakatga vizasiz kira oladilar.

Roʻyxatning eng soʻnggi oʻrinlarida Iroq, Suriya va Afgʻoniston joylashgan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa 79 ta mamlakatga vizasiz kirish imkoni bilan, Qozogʻiston pasporti yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, reytingda Qirgʻiziston 71, Tojikiston 78, Turkmaniston 84-oʻrinda turibdi.
O'zbekiston pasportining 19 yil davomida reytingda egallagan o'rinlari

Maʼlumot uchun, 2024-yilda mamlakatimiz pasporti 80-oʻrindan joy olgandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar