Daryo

AQSH va Xitoy rahbarlari Janubiy Koreyada uchrashishi mumkin — CNN

Trampning mintaqada bo‘lishi unga Kim Chen In bilan ham uchrashish imkonini beradi. Ammo hozirgi e’tibor Si Szinpin bilan muzokaraga qaratilgan.

1 daqiqa o‘qish747 ko‘rishlar0 izoh1

AQSH prezidenti Donald Tramp va uning yetakchi maslahatchilari oktyabr oyida Janubiy Koreyaga borishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) tashkiloti sammitida ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda administratsiyaning uch vakiliga tayanib, CNN xabar berdi.

Sammit oktyabr oxirida Kyonju shahrida bo‘lib o‘tadi. AQSH rahbari u yerda Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashishi kutilmoqda. Ma’muriyat vakillari APEC doirasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘yicha jiddiy muzokaralar bo‘lganini aytdi. Ammo bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan. Si Szinpin iyun oyida telefon orqali suhbat chog‘ida Tramp va rafiqasini Xitoyga taklif qilgan edi. Tramp bunga ijobiy javob bergan, biroq tashrif sanasi belgilanmagan.

Janubiy Koreyaga safar tafsilotlari hamon muhokama qilinmoqda. Tramp boshqa davlatlarga tashrif buyurishi ehtimoli ham noma’lum. Administratsiya bu safarni yangi iqtisodiy bitimlar tuzish va AQSHga qo‘shimcha sarmoya jalb qilish imkoniyati sifatida ko‘rmoqda.

“Janubiy Koreyaga tashrif muhokama qilinmoqda, unda asosiy e’tibor iqtisodiy hamkorlikka qaratiladi”, dedi Oq uy vakili telekanalga.
​

Safarning boshqa maqsadlari savdo, mudofaa va fuqarolik yadro energetikasi bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilishni ham o‘z ichiga oladi. Trampning mintaqada bo‘lishi unga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan yana uchrashish imkonini berishi mumkin, ammo uning ishtiroki hozircha so‘roq ostida qolmoqda. Ma’muriyat rasmiylari Si Szinpin bilan ehtimoliy uchrashuvni tashkil etishga ko‘proq e’tibor qaratilayotganini aytdi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar