Daryo

O‘zbekistonda ismni mashinaga raqam qilib qo‘yish mumkin bo‘ladi

Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi. Yangi yildan ko‘chalarda “ERKIN”, “FOZIL” yoki “BUXORO” deb yozilgan raqamli mashinalarni ko‘rishimiz mumkin.

1 daqiqa o‘qish850 ko‘rishlar0 izoh23

Endi O‘zbekistonda ham ismni mashinaga raqam qilib qo‘ysa bo‘ladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasiga aholining talab va taklifidan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari uchun oltitagacha harf yoki raqamlar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan “noyob” davlat raqami belgilarini ochiq kim oshdi elektron savdolarini o‘tkazish orqali berish huquqi berildi.

Bunda “noyob” davlat raqami belgilari amaldagi davlat raqami belgilarini takrorlamasligi, qonunchilikka va axloqiy normalarga xilof ma’noga ega bo‘lmasligi kerak.

Masalan, ko‘chalarda “ERKIN”, “FOZIL, “AHMAD” yoki “BUXORO” deb yozilgan yozuvli mashinalarni ko‘rish mumkin.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar