Samarqand viloyatida fuqaro 10 kun ichida 2 marta qoʻpol qoidabuzarliklar sodir etganligi sababli qo’lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum bolishicha, haydovchilik guvohnomasi ham mavjud boʻlmagan ushbu shaxs qoʻpol qoidabuzarliklar sodir etib, drift qilib javobgarlikka tortilgan, ammo bu ishidan xulosa chiqarmagan va shu kabi harakatlarni yana takrorlagan.
“Qilgan ishimizdan xulosa chiqardik, boshqa qaytarilmaydi. “Prava” olguncha qaytib mashina ruliga oʻtirmaymiz”, degan qoidabuzar.
Boshqa bir fuqaro esa Nexia rusumli avtomobil raqam belgisini VAZ-2107 mashinasiga oʻrnatib, toʻyda qoidabuzarliklar sodir etganini bildirgan. Yana bir shaxs ham Gentra rusumli mashinasida nikoh toʻyida drift qilib, yoʻl qoidalarini buzgan.
Ushbu haydovchilarning barchasiga nisbatan tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, avtomobillar jarima maydonchasiga joylashtirilgan.








