Daryo

O‘zbekiston Liverpul shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

-54 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Nigina O‘ktamova Qozog‘iston vakilasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

1 daqiqa o‘qish1 926 ko‘rishlar0 izoh1

Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati start oldi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining ishtirokini -54 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Nigina O‘ktamova boshlab berdi.

U chempionatning ilk bosqichida Qozog‘iston vakilasi Elina Bazarovaga qarshi jang qildi. To‘liq uch raund davom etgan bahsda O‘ktamova 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. U butun jang davomida ustunlikni qo‘lga oldi va uchinchi raundda raqibasini norkdaun holatiga tushirishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Endi Nigina O‘ktamova chorak final yo‘llanmasi uchun vengriyalik bokschi Xanna Lakotarga qarshi ringga chiqadi. Lakotar musobaqaning birinchi bosqichini o‘tkazib yuborgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davra bahslariga qo‘shiladi. O‘ktamova – Lakotar o‘rtasidagi bellashuv 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning ikkinchi kunida o‘zbekistonlik 3 nafar bokschi ringga chiqadi:

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova — Lai-Karliyle Ali (Yangi Zelandiya) 22:30;

-50 kg Shodiyorjon Meliqo‘ziev — Navaf Avaji (Saudiya Arabistoni) 23:30;

+90 kg Jahongir Zokirov — Murod Kadi (Jazoir) 01:30.

Ma’lumot uchun, Angliyaning Liverpul shahrida o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati 4-14 sentabr kunlar bo‘lib o‘tadi. Ushbu jahon birinchiligida 60 ta davlatdan 500 dan ortiq bokschilar ishtirok etmoqda. Janglarning saralash va chorak final bosqichlari 4-10 sentabr kunlari o‘tkaziladi. 12-13 sentabr kunlari yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Final esa 14 sentabr kuniga belgilangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar