Daryo

Farg‘onadagi bog‘chada bolalar zaharlangani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Bog‘cha esa maktabgacha ta’lim tashkilotining ma’lum qismida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli vaqtincha yopilgan.

1 daqiqa o‘qish1 057 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oltiariqdagi davlat bog‘chasida bolalar ovqatdan zaharlandi” mazmunida tarqalgan ma’lumot o‘rganildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

O‘rganish davomida tarqatilgan xabardagi vajlar asossiz ekani aniqlandi. 22-avgust kuni 2 nafar, 23-avgust kuni esa 4 nafar tarbiyalanuvchi ich buzilishi tashxisi bilan Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan. Ularning birortasiga zaharlanish tashxisi qo‘yilmagan.

Aniqlanishicha, bemor bolalardan birining qarindoshi — “Qiziltepa” MFY oilaviy poliklinikasida ishlovchi patronaj hamshira A.A. mahalla uchun ochilgan Telegram kanal orqali “bog‘chada zaharlanish bo‘ldi” degan asossiz ma’lumotni tarqatgan.

U ota-onalardan farzandlarida ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i yoki isitma kuzatilsa shifoxonaga murojaat qilishni so‘ragan. Natijada ota-onalar bolalarining sog‘ligidan xavotirlanib ularni shifoxonaga yotqizgan.

Hozirda barcha bolalar sog‘lom holda oilasiga qaytarilgan. Oltiariq tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ma’lum qismida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, ta’mir sentyabr oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar