Yangi lavozimda u Do‘stboy Abjalov o‘rnini egalladi. Ushbu bankda rahbariyat almashinuvi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan tijorat banklari, mikromoliya va sug‘urta tashkilotlari bilan ochiq muloqotdan bir oy o‘tib yuz berdi.

O‘sha tadbirda Do‘stboy Abjalov o‘zini “Poytaxt bank” boshqaruvi raisi sifatida tanishtirib savol bergandi. Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Saydullayev esa uning faqat vaqtincha rahbar ekanini eslatgandi.

Abror Turg‘unov 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2013-yilda Bank-moliya akademiyasini tugatgan. 2005-yildan bank tizimidagi tajribaga ega. 2024-yil iyunidan buyon “Poytaxt bank” raisi o‘rinbosari vazifasini bajarib kelgan.








